» » Korrupsiyasiz kelajak tarafdorimiz!

Korrupsiyasiz kelajak tarafdorimiz!

Samarqand shahridagi "Yoshlar markazi"da "Adolat" partiyasi, Yoshlar ittifoqi, Sud huquq organlari hamda Xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida "Biz Korrupsiyaga qarshimiz" mavzusi ostida insholar tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda tumanimizdagi 20-maktabning 8-sinf o'quvchisi Anora G'ulomova o'zining ijodiy ishi bilan qatnashib, viloyat bosqichida faxrli o'rinni egalladi va "Adolat " partiyasi tomonidan 2-darajali diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.


 Yoshlar o'rtasida bunday tadbirlarning o'tkazilishi ularning siyosiy bilimlarini oshirishida shu bilan birga ular qalbida vatanparvarlik,insonparvarlik, adolatparvarlik kabi ezgu fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Musharraf Nosirova.
20-maktab MMIBDO
'

комментариев