Bugungi kunda ishni yanada jadallashtirish uchun gaz payvandlovchi va chilangarlarga ehtiyoj mavjud. Bu borada tuman Bandlikka ko‘maklashish markaziga e’lon berilib, 2020 yil 6 ta, 2021 yil 6 ta gazoelektro payvandchilar bilan shartnomalar tuzildi, shuningdek, tumandagi kasb-hunar maktablarida payvandchi, chilangar kasbiga o‘qitilayotgan 8 nafar o‘quvchilar ishga taklif qilindi. Shu kunga qadar jami 12 ta o‘rnatish brigadalari tashkil etildi. O‘rnatish brigadalari bilan shartnoma tuzish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning oxiriga qadar 8172 ta “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, aholi xonadonlariga gaz hisoblagich, himoya qutisi, regulyator (bosim rostlagich) va gaz hisoblagichni o‘rnatish uchun barcha zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mutloqo bepul o‘rnatilmoqda.
“Aqlli” gaz hisoblagichlarining o‘rnatilish sifati filial tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, hisoblagichlarni noto‘g‘ri o‘rnatish holatlari aniqlanganda, shartnomaga muvofiq, mazkur firma o‘z hisobidan kamchiliklarni to‘g‘irlashi lozimligi belgilab berilgan.
Ayni kungacha tumandagi “Qo‘rg‘oncha” va Charog‘bon mahalla fuqarolar yig‘inlarida noto‘g‘ri o‘rnatilgan hisoblagichlarning kamchiliklari payvandlovchi chilangarlar tomonidan qaytadan to‘g‘irlandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar orqali iste’molchilardan yangi elektron gaz hisoblagichlarining ishlash jarayonlari bilan bog‘liq qator savollar kelib tushmoqda. Mazkur savollarga tezkorlik bilan javob berish va iste’molchilarning hisoblagichlardan foydalanish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “ASKUG bo‘yicha maslahatlar” (https://t.me/askug_maslahat) telegram guruhini ochdi. Ushbu guruh orqali bugun nafaqat Samarqand viloyat iste’molchilari balki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha qo‘shni viloyatlaridagi iste’molchilar ham ASKUG tizimi va hisoblagichni ishlash jarayonlari haqida o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishmoqda.
Bugungi kunda Toylok tumanida 178 ulgurji tabiiy gaz iste’molchilar mavjud bo‘lib, ularning 5 tasi sanoat korxonalari, 84 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlardir. Shundan, avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari 7 tani, issiqxonlar 3 tani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5-ilovasiga muvofiq, 2021 yilning sentyabr oyigacha barcha ulgurji iste’molchilar ma’lumotlar bazasiga ulanishi lozim. Bugungacha tumandagi 121 ta ulgurji iste’molchilarga modem o‘rnatilib, ma’lumotlar bazasiga ulandi.
Kamol Nizomov,
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti Toyloq tuman filiali direktori
комментариев