» » TOYLOQDA VATAN HIMOYACHILARI KUNI TANTANALI NISHONLANDI

TOYLOQDA VATAN HIMOYACHILARI KUNI TANTANALI NISHONLANDI

Bugun tumanimizda joylashgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi 69932-harbiy qismida «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda "14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
    Unda Toyloq tumani hokimi B. Bobonazarov hamda sektorlar rahbarlari, Urgut tumani hokimi, Bulung‘ur va Jomboy tuman hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining tegishli buyrug‘i bilan 69932-harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining «Namunali xizmatlari uchun ko‘krak nishon»lari hamda «Faxriy yorliq»lari hamda Toyloq, Urgut, Bulung‘ur,  Jomboy tuman hokimlarining  faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
   Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi o‘tkazildi.

комментариев