» » Yomg‘ir baraka, biroq ko‘pi ham ziyon

Yomg‘ir baraka, biroq ko‘pi ham ziyon

Mart va aprel oylarida kutilayotgan yuqori namgarchilik va ketma-ket yog‘inlar ketidan bug‘doy o‘simliklarida zang kasalliklariga chalinish ehtimoli oshmoqda. Bu kasallik o‘ta xavfli bo‘lib, bug‘doy hosildorligini sezilarli darajada kamaytiradi. Unga vaqtida chora ko‘rilmasa, fermerning cho‘ntagiga ziyon bo‘ladi. Shu boisdan bugun fermer dalalarida zang kasalligiga qarshi kurashish tadbirlari qizg‘in olib borilmoqda.  Bu haqidagi batafsil ma’lumotlarni  tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbari Husan Narziqulov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.
Tumanda 2024-yil g‘alla xosili uchun “Pet Agro Oil”MCHJ klaster korxonasi tomonidan   4175 gektar yer maydoniga g‘alla parvarish qilinmoqda, -deydi H.Narziqulov. -Gʻallani begona o‘t va zang kasalligidan asrash borasida seminarlar tashkil qilinib,  fermer xo‘jaliklari rahbarlariga mutaxassislar tomonidan tavisiyalar berildi. Tumanda jami 35 ta Qishloq xo‘jaligi texnikalari va 200 dan ortiq qo‘l apparatlari yordamida begona o‘t, zang kasalliklarga va hashoratlarga qarshi “fungisid”,  “gerbisid” va “insetoakarisid”lar bilan ishlov berildi.
Jumladan.
“Pet Agro Oil”MCHJ klaster korxonasi tomonidan Elipok agrofirmasi 283 gektar, Olmazor agrofirmasi 387 gektar, Bog‘izog‘on agrofirmasi 674 gektar, Gʻo‘lba agrofirmasi 320 gektar, Ko‘shchinor agrofirmasi 500 gektar, Baxshitepa agrofirmasi 460 gektar, Vorsin agrofirmasi 38 gektar, Tepaqishloq agrofirmasi 270 gektar, R.Saidnazarov agrofirmasi 625 gektar, Jumabozor agrofirmasi 327 gektar, Davlatobod agrofirmasi 185 gektar va Sohibkor agrofirmalarida 86 gektar g‘alla maydonlariga   fungisid, titul duo va altoso‘per dori vositalari bilan ishlov berildi. Qolaversa, bir yillik ikki pallali begona o‘tlar va ko‘p yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi kimyoviy priparatlar  yetkazib berilib, agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.
Chorak boshidan buyon g‘alla hosilini yuqori olish maqsadida tumandagi 35 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi “OVX-600” shtangali osma purgagichlar  hamda 200 dan ortiq qo‘l apparatlari bilan ishlovlar berilmoqda.
Matbuot anjumanida Agroinspeksiya tuman bo‘limi boshlig‘i Zoyir Eshonqulov ishtirok etdi va serhosil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari navlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 Toyloq tumanining tuproq iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli, ertapishar, mexanizatsiya yordamida ishlov berishga mos pamidorning “Mustaqillik-28”, kartoshkaning “Bog‘zog‘on”, “Shirin” makkajo‘xorining “Zamon”, qovunning “Novotkalla” kabi yangi navlari yaratilib davlat reyestriga kiritildi. Hozirgi kunda Toyloq tumaning fermer xo‘jaliklariga ekib kelinmoqda.
Bundan tashqari ilmiy tajriba stansiyasida ichki bozorlarimizda sabzavotlar turini ko‘paytirish maqsadida “Sparja”, “Bamiya”, “Mangold” kabi noananaviy sabzavot ekinlari introduksiyasi va yetishtirish texnologiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Tumanimizda  mavjud 3 ming 838 gektar maydonga ekilgan sabzavot ekinlarini agrotexnik tadbirlarini sifatli qilib bajarilishi yuzasidan joriy yilda O‘zagroinspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan 135 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, yo‘l quyilgan kamchiliklar yuzasidan 65 ta yozma ko‘rsatmalar, 55 ta yozma ogohlantirish, 15 ta vakolat doirasida ma’muriy choralar qo‘llanilgan.

комментариев