» » “Oqila ayollar” harakati – mustahkam oilalar poydevori

“Oqila ayollar” harakati – mustahkam oilalar poydevori

      Shopo‘lot mahallasidagi Madaniyat markazida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Oilalar mustahkamligini taʼminlashda ‘Oqila ayollar’ harakatining o‘rni” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Forumning bosh maqsadi — oila institutini mustahkamlash, erta nikoh, ajrimlar va xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda “Oqila ayollar” harakatining o‘rnini yanada kuchaytirishdan iborat.
       Forumda  Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ekspertlar komissiyasi a'zosi Shermuhammedova Jamila Toshpo‘latovna, Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z. Behbudova, Viloyat “Oqila ayollar”  yetakchisi Sayfudinova Jamila Badridinovna va tuman mutasaddi rahbarlari  ishtirok etdi.
Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar ushbu harakatning bugungi faoliyati, mahallalardagi natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
       Tadbir doirasida Respublika  ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashakkurnomalar berildi.

комментариев