» » TOYLOQ TUMAN HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING TUMAN TASHKIL TOPGAN KUN MUNOSABATI BILAN TABRIGI

TOYLOQ TUMAN HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING TUMAN TASHKIL TOPGAN KUN MUNOSABATI BILAN TABRIGI

Qadrli tumandoshlar!
 Bugun serquyosh Vatanimizning eng qadimiy va so‘lim go‘shalaridan biri, o‘rta asrlarda Shovdor nomi bilan mashhur bo‘lgan  bu go‘zal voha – Toyloq  tumani tashkil etilgan kunning 33 yillini nishonlayapmiz. Ahli donish tomonidan «Kichik Movarounnahr» deb nom olgan qadim Shovdorga
Mirzo Bobur «Boburnoma»da bejizga yuksak baho berib: «Misr va Shom ko‘rgan ravandalar bu chog‘liq yerdin nishon bermaydurlar», deb  yozganligini bugun o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, aniqrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan 1992-yil 9-aprelda ma’muriy markazi Toyloq shahar posyolkasida bo‘lgan Toyloq tumani tashkil qilindi.
Hozirda tumanimizda 220 mingdan ortiq aholi shod-xurram, ertangi kunga ishonch bilan umrguzaronlik qilayotganligi hammamizni behad quvontiradi. Qolaversa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tumanimiz hayotida va har bir tumandoshimiz qalbida aks-sado berayotganligi qalbimizda g‘urur uyg‘otadi. Barcha jabhalarda, jumladan qishloq xo‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarimiz shunchalik ko‘pki, ularni sanab adog‘iga yetish qiyin, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tuman eksport salohiyatining yuksalishi, yangi-yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’yektlarining barpo etilayotganligi aholi farovonligiga va mehnat bandligiga xizmat qilmoqda. Tuman markazida va chekka mahallalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari kimni quvontirmaydi deysiz?!  Bularning barchasi Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat mahsuli, emasmi? Shuning uchun maftunkor tumanimiz tashkil topgan kunni shod-xurramlikda nishonlashga to‘la haqlimiz.
Aziz tumandoshlar!
Fursatdan foydalanib, barchangizni  so‘lim va fusunkor tumanimiz tashkil topgan kunning 33 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etaman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ezgu ishlaringizda omad tilayman. Go‘zal Vatanimiz va uning jannatmonand go‘shasi bo‘lmish Toyloq tumani yanada gullab yashnayversin.

комментариев