» » Yoshlarga e’tibor kelajakga e’tibor

Yoshlarga e’tibor kelajakga e’tibor

Har yili 30 iyunning "Yoshlar kuni" sifatida nishonlanishi va bu kunda Prezidentning yoshlar bilan bevosita uchrashuvlari tashkil etilishi davlat e’tiborining amaliy ifodasidir. 
 📌30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi muhim voqea sifatida tarixga kirdi. Bu uchrashuvda davlatimiz yetakchisi yoshlar hayotining barcha jabhalariga to‘xtalib o‘tdi – ta’lim, tadbirkorlik, san’at, sport, IT va ijtimoiy faollik kabi yo‘nalishlar markaziy o‘rinni egalladi. 
✔️Prezident nutqida yoshlarga shunday murojaat qildi: “Bizga bilimli, tashabbuskor, vataniga sadoqatli, dunyoqarashi keng va zamonaviy yoshlar kerak. Yangi O‘zbekistonni sizlar bilan barpo etamiz.” Bu so‘zlar Prezidentning yoshlarga bo‘lgan ishonchi va tayanchi, shu bilan birga, yoshlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashini anglatadi. 
 
✔️Yurtimizda turli sohalarda ham katta yutuqlarga erishib kelayotgan natijalar kishini xursand qiladi. Oddiygina misol, yaqinda futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Xalqimizning necha yillik orzularini ro‘yobga chiqardi. Bu esa yurtimizda sportga bo‘lgan, yoshlarga bo‘lgan e’tiborning natijasidir. 
✔️Yoshlarimizga yaratilgan bunday imkoniyatlar, ertangi kuni yurtimiz ravnaqi uchun investitsiya vazifasini bajarishi so‘zsiz. Shuningdek, maktablarda o‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant yo‘naltiriladi. Endilikda, oddiy maktab o‘quvchilarining ularning yangi loyihalari, innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish imkoniyati eshiklarini oshadi. Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, 100 ta loyiha amalga oshiriladi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushiriladi. Davlatimizning yoshlarga oid siyosati xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etmoqda. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi. Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz bu borada eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi. Bildirilayotgan ishonchlar samarasini shunchaki so‘zlar bilan emas, raqamlar bilan keltirish mumkin bo‘lsa, e’tirof etish o‘rinliki, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 oliygohlarga kirishda Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi, 30 nafar yosh dunyoning top-10, 500 nafari top-100, 1 500 nafari top-300 universitetlarda o‘qiyotgani ham bir misol. Bu esa juda katta natijalardan biridir. Prezident yoshlarimizni ajdodlarga, ularning dunyoga namoyon etgan salohiyatiga munosib yo‘l tutishiga ishonmoqda. 
✔️Yoshlar bilan uchrashuvda ta’kidlanganidek, “Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etmoqda. Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda” deb ta’kidlagan edi davlatimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyev. Haqiqatdan ham davlatimiz rahbarining joriy yilgi Yoshlar kunidagi nutqi nafaqat bayram munosabati bilan qilingan tabrik, balki mamlakat yoshlariga yo‘llangan ishonch, mas’uliyat va imkoniyatlar manifesti sifatida baholanadi. 
📌Muxtasar qilib aytganda nutqdagi aniq taklif va rejalar yoshlar uchun amaliy qadamlar, yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.                              


✍️Nasiba Mo‘minova, 
O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, tuman Kengashi deputati.

комментариев