Kollej faoliyati o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim agentligining pedagog kadrlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruz Gaffarov Toyloq pedagogika kollejida bo‘ldi.
        Kollej direktori Sh.Asadov bilan birgalikda ta’lim oluvchi talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqib, o‘quvchi-talabalar bilan suhbatlashdi. Ular bilan mutaxassisliklari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazdi. Kollej talabalari tomonidan amaliy darslarda tayyorlagan qo‘l mehnati bilan tanishdi.

      Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda kollejda kunduzgi, sirtqi hamda dual ta’lim shakli mavjud bo‘lib bunda jami 355 nafar talaba tahsil olmoqda.

комментариев