
Toʻgʻri, qonunchilikka koʻra, sudyalar tomonidan nomzodlar bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri targʻibot ishlarini olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi, biroq sudlar (Maʼmuriy sudlar) Saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi. Bu esa davlatchilik tarixida saylovlarning qonun va adolat normalari asosida oʻtkazilishining shartlaridan biri hisoblanadi.
Jumladan: Saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud tomonidan shikoyat berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi belgilangan. Agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim. Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor boʻlsa, oʻsha shaxsni, yaʼni manfaatdor shaxsni ham chaqirgan holda koʻrib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshiriladi. Mazkur holatda muddatlar boshqa toifadagi ishlarga nisbatan qisqa va tez muddatda koʻrib chiqishni taqozo qiladi.
B. Xursanov,
Samarqand tumanlararo
maʼmuriy sudining sudyasi.
Samarqand tumanlararo
maʼmuriy sudining sudyasi.
комментариев