Matbuot anjumani

Bugun Toyloq tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Jamol Jo‘rayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etadi. Shu sababli, Konstitutsiyada e’lon qilingan “Ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2023-yil 1-iyundagi 82-sonli Farmoni va shu sanadagi 176-son qarori qabul qilindi.
Mazkur farmon va qaror asosida ushbu davlat siyosatini yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi va davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan 49 turdagi xizmatlar ko‘rsatilishi belgilandi. Shundan 26 tasi mahallada 23 tasi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ko‘rsatiladi.
Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Tadbirda markaz tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-son qaroriga 2023-yil 10-noyabrda Vazirlar mahkamasining Qarori bilan bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.
Bu esa, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lanishida iqtisodiy ahvoli yaxshilangan oilalarni har oyda elektron tarzda qayta o‘rganish orqali aniqlash hamda ijtimoiy nafaqalarini to‘xtatish hamda haqiqiy muhtoj oilalarga manzilli to‘lanishiga muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Toyloq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tumandagi mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim qilgan hujjatlarga asosan tumanda yashovchi 49096 ta oilalardan 2023-yilning 1-dekabr holatiga 12674 nafar (oila soniga nisbatan 25.8 %) kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va 159 nafar Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar tayinlangan.
Axborot tizimda ma’lumotlar almashinuvi orqali  1119 nafar fuqarolarning nafaqa muddati tugaganligi va 554 nafar fuqarolarning oilalari  dastur tomonidan avtomat tarzda qayta o‘rganilganda iqtisodiy axvoli yaxshilanganligi sababli bolalar  nafaqasi  to‘xtatilgan.
  Joriy yilning 1 may holatiga tumanda yashovchi 49096 nafar oilalardan 5456 nafar (oila soniga nisbatan 11.1 %) shundan, 5376 nafari kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va 80 nafar kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamlar tayinlangan.
Tadbir so‘ngida tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Jamol Jo‘rayev soha bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

комментариев