» » Joriy yilning o'tgan 5 oyida Toyloqda 178 ta oila yarashtirildi

Joriy yilning o'tgan 5 oyida Toyloqda 178 ta oila yarashtirildi

 .     Bu haqda bugun Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo'limi boshlig'i Bobur Maqsudov ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 
    Amalga oshirilgan majburiy ijro tadbirlari natijasida aliment to'lovchi qarzdorlardan jami 1 mlrd 783 mln 700 ming so'mdan ortiq aliment pullari undiruvchilarga undirib berilgani ta'kidlandi. 
    Bu toifadagi ijro ishlari bo'yicha qarzdor va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbilar natijasida joriy yilning 5 oyida 178 ta oilalar yarashtirilib, oilalarning tiklanishiga erishilgan.
 
   Ish o'rnini yo'qotgan, og'ir ahvolga tushib qolgan va yordamga muhtoj aliment to'lovchi qarzdorlarning 52 nafari ishga joylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta'minlangan.
     -Bugungi kunda tuman bo'yicha jami 1594 ta aliment oluvchilardan 1324 tasining nomiga shaxsiy bank plastik kartalari ochish bo'yicha elektron so'rovnomalar yuborilgan, -deydi B. Maqsudov.

комментариев