» » Toyloqlik jahon chempioni tantanali kutib olindi

Toyloqlik jahon chempioni tantanali kutib olindi

   Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining 
dast ko‘tarish yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritgan Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi shopo‘lotlik Sharofiddin Amriddinov Samarqand temir yo‘llar vakzalida munosib kutib olindi.
    Sport boshqarmasi, viloyat hamda tuman hokimligi vakillari, Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbariyati, chempionning oila a’zolari Sharofiddin Amriddinov hamda uning murabbiyi Amrillo Bahriyevni tarixiy g‘alaba bilan qutlashdi. 
   - Aslida chempion men emas, ota-onam. Agar ular menga sport bilan shug‘ullanishim uchun shart-sharoit yaratib bermaganida bu g‘alaba ham yo‘q edi. Qolaversa, ustozlarimning mehnati va tarbiyasi, mustahkam iroda va yaqinlarning qo‘llab-quvvatlashi ham muhim omil. Men ularning ishonchlarini oqlashga, yurtimiz bayrog‘ini bundan-da yuksaklarga ko‘tarishga harakat qilaman, -deydi Sh. Amriddinov.

комментариев