
Toyloq olimpiya zaxiralari kollejining 10-sinf o‘quvchisi Ozodbek Halimboyev yaqinda Vengriya davlatining Budapesht shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etib, 45 kg vazn toifasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bugun Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov hamda sektor rahbarlari ishtirokida Ozodbek munosib taqdirlandi.

– Joriy yilning 16-sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasida erkin va yunon-rum krashi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lishi kutilmoqda. Ayni kunlarda sportchimiz Ozodbek mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, – deydi sportchining murabbiyi Jalil Nizomov.
комментариев