» » 2019-2020 o`quv yili qabuli test sinovi natijalari: abituriyentlarimiz bilim darajasi qanoatlantiradimi?

2019-2020 o`quv yili qabuli test sinovi natijalari: abituriyentlarimiz bilim darajasi qanoatlantiradimi?

2019-2020 o`quv yili qabuli test sinovi natijalari

Respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida o`quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida taʼlim berish, bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir.

Bu borada oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini adolatli, xolis va shaffof o`tkazish orqali puxta bilimli yoshlarning o`qishga qabul qilinishini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur maqolada viloyatimiz abituriyentlarning 2019-2020 o`quv yili bo`yicha oliy taʼlim muassasalaridagi test natijalarining tahliliy materiali bayon qilingan. Abituriyentlarning Respublikamizdagi oliy o`quv yurtlariga, bilimlari bo`yicha miqdoriy ko`rsatkichlarining tahlili, omillarni ko`rsatib berish imkonini beradi.


2019/2020 o`quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim

yo`nalishlariga qabul uchun o`tkazilgan test sinovlari haqida ma’lumot

(Test sinovlari asosida qabul qilinganlar bo`yicha)

2019/2020 o`quv yilida Samarqand viloyatidagi tuman(shahar)lardan oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun ro`yxatdan o`tgan va talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar soni hamda tuman(shahar)larning Respublika bo`yicha egallagan o`rni (jami 203 ta tuman(shahar) ishtirok etgan)


Test natijalarining asosiy ko`rsatkichlari Respublika umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim muassasalaridagi tayyorgarlikning sifat va saviyasini aniqlash imkonini beradi. Abituriyentlarning miqdoriy ko`rsatkichlarini, oliy ta’lim muassasalari turlarini, ta’lim yo`nalishlari bo`yicha hududiy taqsimlanishini tahlil qilish orqali asosiy ustuvorlikni aniqlash imkoniyati mavjud.

Keltirilgan tahlillar taʼlim yo`nalishlarining ustuvorligi, obro`-nufuzi, oliy o`quv yurtlarining kadrlar tayyorlash va ularning raqobatbardoshligi to`gʻrisidagi masalalarni aniqlash imkonini beradi. Tegishli tahlillar, jadvallar ko`rinishida keltirilgan bo`lib, ularni sifat o`zgarishlari dinamikasini kuzatish imkonini beradi. Viloyatimiz va tumanlarning tahlili, abituriyentlarning tayyorgarlik darajasi bo`yicha reytingi keltirilgan. Ta’lim sohasini bir vakili sifatida shuni aytmoqchimizki,  “Ta’lim - bizning ertangi kunimiz, kelajagimizdir!”

Hurmatli abituriyentlar! Davlat test markazi Samarqand viloyat bo`limi sizlarni har qanday holatda ham yuksak bilimli hamda vatanimiz uchun jonkuyar inson bo`lishingizda muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Agar sizni yana qiziqtirgan savollar bo`lsa, quyidagi manzillarda kutib qolamiz.

https://t.me/dtm_samarqand - DTM Samarqand viloyat bo`limi telegram kanali

murojaat uchun telefonlar: (99897)922-09-30, (99897)285-30-51,

(99893)221-21-51,

(99894)356-93-00,

(99899)594-10-15

Davlat test markazi Samarqand viloyat bo`limi

комментариев