» » “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati tushuntirildi

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Toyloq tuman Ichki ishlar bo‘limi majlislar zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, O‘zLiDeP tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari, Z.Avazov, 2021 yil 9 sentabr kuni O‘zLiDePning X syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning syezdagi sermazmun ma’ruzasi va “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati, unda Yangi O‘zbekistonni, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va maqsadi hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritilganligini ta’kidladi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toyloq tuman bo'linmasi.

комментариев