MAKTABDA TARG'IBOT TADBIRI

30-noyabr kuni tumandagi 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tgan targ‘ibot tadbirida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va Ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, milliy iftixor va g‘urur tuyg‘ularini rivojlantirish to'g‘risida ma’ruza qildi. Tadbirda viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari  shoir, jurnalist Z. Ibragimov, A. Nisorov va ta’luqli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

Каналга қўшилинг:?
? @qushchinor_uz

комментариев