
Mingdan ortiq fuqaro ishtirokidagi marafonda tuman hokimligi, korxona, tashkilot, muassasalar xodimlari, uyushmagan yoshlar, sportchilar xotin-qizlar, nuroniylar va keng jamoatchilik faol qatnashdi.

Marraga yetib kelgan marafon qatnashchilari tumanning markaziy o‘yingohida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ham ishtirok etishdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni tarixi to‘g‘risida so‘zlab, tadbir ishtirokchilariga sog‘lom hayot tarzini tanlashga chorladi.
комментариев