» » TOYLOQLIK XOTIN-QIZLAR TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILDI

TOYLOQLIK XOTIN-QIZLAR TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILDI

"Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb nomlangan joriy yil mazmun-mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tomonidan ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, partiyaning hududiy va mahalliy kengashlari tashabbusi bilan joylarda aholi uchun bepul tibbiy ko'riklar tashkil etilib, fuqarolarning sog'ligini saqlash, salomatliklarini mustahkamlash choralari ko'rilayapti. 
Toyloq tumanidagi Baxshitepa oilaviy shifokorlik punktida Nurli yo'l, Qo'rg'oncha va Baxshitepa mahallalarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun partiya viloyat kengashi hamda xalq deputatlari Toyloq tuman kengashi deputatlari tomonidan tashkillashtirilgan tibbiy ko'rikda ham ularning salomatliklari yana bir bor nazoratdan o'tkazildi. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan muassasada qishloq ayollari qon tahlilarini topshirishdi. Diagnostik tekshiruvlar va mutaxassislar ko'rigi natijalariga ko'ra ba'zi bir kasalliklar aniqlangan xotin-qizlarga tegishli tibbiy tavsiyalar berilib, davo muolajalari tayinlandi.
Ushbu ko'rik xotin-qizlarda ko'p uchraydigan ayrim kasalliklarni oldini olish, ularni erta aniqlash hamda samarali davolashga imkon yaratgani bilan har jihatdan ahamiyatli bo'ldi.

комментариев