» » QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI NISHONLANDI

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI NISHONLANDI

Tumanimizdagi "Amir" bazmgohida "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. 
     Tadbirda ko‘p yillik qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritgan qishloq xo‘jaligi faxriylari T. Xudoynazarov, N. Rahmatova va tuman hokimi B. Bobonazarovlar so‘zga chiqib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklashdi.  
Shundan so'ng, 2021-yil davomida tumanda meva-sabzavot, uzumchilik, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi sohalarida mehnat qilgan, jonkuyarligi bilan soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
   Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan yangragan sho‘x qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

комментариев