» » O‘QITUVCHILIKDAN BO‘LIM MUDIRLIGIGACHA: FAXRIY PEDAGOG YAZDONQUL HAMDAMOV XONADONIDA

O‘QITUVCHILIKDAN BO‘LIM MUDIRLIGIGACHA: FAXRIY PEDAGOG YAZDONQUL HAMDAMOV XONADONIDA

Yazdonqul Hamdamov 1977-yilda Toyloq tumanidagi 38-maktabda geografiya fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyatini boshladi. Izlanuvchan, o‘zi va o‘quvchisiga talabchan muallim bilim va malakasi, tashabbuskorligi bilan pedagogik jamoada hurmat qozondi. Ta'lim fidoyisi Y. Hamdamovning 1984-yildan boshlab 38-maktab direktori lavozimiga tayinlanishida uning ana shunday tashabbuskorligi va ilmsevarligi turtki bo‘ldi. 
U rahbarlik qilgan davrida maktabda ta'lim sifati, o‘quvchi va pedagoglar muvaffaqiyati tuman va viloyatda ko‘zga ko‘rina boshladi. Yazdonqul Hamdamovning xalq ta'limi tizimida o‘qituvchi hamda maktab rahbari sifatida yillar davomida to‘plagan tajribasi 1997-2008-yillarda Toyloq tumani xalq ta'limi bo‘limini boshqarishda qo‘l keldi. 
Y.Hamdamovning xalq ta'limi sohasida o‘qituvchi, maktab direktori, bo‘lim mudiri sifatida o‘tgan yillar davomida to‘plagan tajribasi tizimda endigina ish boshlagan pedagog kadrlar uchun ibrat maktabidir. 
Qurbon hayiti munosabati bilan Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva "Ma'rifatparvarlar" jamiyati faollari bilan birga Yazdonqul Hamdamovning xonadonida bo‘lib, faxriy ustozni bayram bilan tabrikladi. Qariyb yarim asrlik xalq ta'limi sohasida to‘plagan tajribasi, mehnat faoliyati haqida suhbatlashib, minnatdorlik bildirdi.

Qurbon hayiti munosabati bilan faxriy pedagoglar holidan xabar olish davom etmoqda.

 @samarqandvxtb

комментариев