
AQSH, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda Qozog'iston Respublikalaridan 400 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining 2 nafar sportchilari ishtirok etishib, shohsupadan joy oldi.
50 kg vaznda Umirov Javohir hamda 90 kg vaznda Samanov Alisher faxrli 3-o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Sportchilarimizga Osiyo kubogida kollejning Dzyu-do bosh murabbiyi Mamanov Husniddin trenner sifatida boshchilik qilib bordi.
Bugun sportchilar kollej ma'muriyati tomonidan kutib olindi.
Sportchilarimizni va ularning murabbiylarini ushbu g'alabalar bilan qutlaymiz!
комментариев