
Yunon-rum kurashi bo’yicha yoshlar o’rtasida Chirchiq shahrida O'zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi yunon-rum kurashchilari quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi. 60 kg vaznda markaz bitiruvchisi Halimboyev Ozodbek 1-o'rin; 63 kg vaznda markaz 1-kurs talabasi Bekto'rayev Diyorbek 3-o'rin; 130 kg vaznda markaz 11-sinf o'quvchisi Abduazizov Kamronbek 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
комментариев