Bugun Toyloq tuman markaziy o‘yingohida tuman Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi xizmatlarni va tuman mexanizatsiyalashgan yig‘ma komandasining saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Toyloq tuman hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 11-yanvar kunidagi 1-sonli buyrug‘ining ijrosini ta'minlash hamda yog‘ingarchilik mavsumida sel va suv bilan bog‘liq yuzaga keluvchi favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot-tahlil xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zohid Atayarov ishtirok etdi.
Tadbir davomida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, tuman hududida suv toshib ketishi mumkin bo‘lgan ichki ariqlar tozalandi.
комментариев