» » SEL VA SUV TOSHQINIDAN EHTIYOT BO'LING!

SEL VA SUV TOSHQINIDAN EHTIYOT BO'LING!

Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha,  yurtimizda hafta davomida yog’ingarchliklar sodir bo'lishi kutilmoqda.
Natijada joylarda ko’p miqdorda suv to’planishi ehtimoli yuzaga keladi. Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida, tumanning deyarli barcha mavjud kanallari, soylar va ariqlarning har xil chiqindilar bilan to‘lib qolganligi, o‘z vaqtida tozalanmaganligi, sel va toshqin suvlarini talofatsiz o‘tkazib yuborishga mo‘ljallangan ariqlarning ko‘mib tashlanganligi holatlari, mazkur irrigatsiya tarmoqlarining qirg‘oq va muhofaza mintaqalarida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan turar hamda noturar ob’ektlar bilan bog‘liq ko‘plab holatlar uchramoqda.
Bu esa, mavsumda yog‘ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan yomg‘ir suvlari, sel oqimlari va suv toshqinlari aholi xonadonlariga jiddiy zarar yetkazishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillarda biri bo‘lib qolmoqda.
Shu munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan murakkab vaziyatlarni oldini olish maqsadida barcha tumandoshlarimizdan o’zlari yashab turgan hududlarda suv oqimi yo’nalishlarini ochib, ariq va zovurlarni suv oqimini yo’nalishini to’xtatishga sabab bo’lgan xas-hashak va chiqindilardan tozalab qo’yishlarini so’rab qolamiz.             
  Shuningdek Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha tuman komissiyasi yig‘ilishining tumanda 2023-yilda toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha yig‘ma manzilli dasturlarni, shuningdek, daryolar o‘zanlarida kum-shag‘al materiallari to‘planib qolgan va tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalarining ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida yig‘ilishi asosida tuman hududidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining qirg‘oqlarni mustahkamlash bo’yicha tuman irrigatsiya bo‘limi tomonidan Yangihayot MFY xududidan oqib o‘tuvchi daryoning qirg‘oqlariga 80 tup manzarali, 100 tup tol-terak ko‘chatlari Bog‘izog‘on kanali qirg‘oq yoqasiga 50 dona tol-terak va 50 dona archa ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilmoqda.
Hurmatli tumandoshlar! Ushbu mavsumiy yog’ingarchilik kunlarda barchamiz birdek hamjihatlik bilan ehtiyot choralarini ko’rsak, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olgan bo’lamiz.
Sh. Xudoyqulov,
 Tuman FVB FVDT va FM boshlig’i, kapitan. 

комментариев