SEMINAR

Tuman 2-son kasb­ hunar maktabida talliotalik tadbirkor, sabzavotning hosildorligi yuqori va sifatli xorijiy navlarini mahalliylashtirish boʻyicha yetuk mutaxassis Saidamirxon Oqilovning tashabbusi bilan “Sungenta Agro AG” firmasi mirishkor dehqonlar, fermerlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun uchinchi bor seminar oʻtkazdi.  
 Tadbirda “Sungenta” firmasining ochiq dala boʻyicha menejeri Shoislom Ilyasov, “Agro central” firmasi sotuv boʻlimi menejeri Rahmonali Nazarov, “Agrimatco” kompaniyasining urugʻchilik boʻyicha bosh menejeri Isroil Salimisoqov, agronom Rahmatilla Muhammedovlar soʻzga chiqishib sohadagi yangiliklar, yaratilgan imkoniyatlar va moʻl hosil olish uchun qanday texnik ishlovlar, mineral oʻgʻitlar berish kerakligi haqida yigʻilganlarga tushunchalar berildi. Mutaxassislar yigʻilganlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardilar.

G'ayrat Quliyev,
O'zbekiston Fermer,  dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toyloq tuman kengashi raisi.

комментариев