
Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” shiori ostida Sambo kurashi boʻyicha 2011-2012 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida ochiq birinchilik boʻlib oʻtdi. Nomdor yosh kurashchilar qatnashgan bellashuvda tumanimizning kuragi yerga tegmas polvoni, qozixonalik Sirojiddin Ikromov barcha raqiblarini katta ustunlik bilan yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
комментариев