» » Toyloqda 140 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Toyloqda 140 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

 Bog‘izog‘on mahalla ahlining cheksiz quvonchiga sababchi bo‘lgan 140 o‘rinli 38-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy usulda bunyod etilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
 Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari so‘zga chiqib, mahalla ahlini bugungi quvonchli kun, yangi ta’lim-tarbiya maskanining ochilishi bilan qutladi.  Shuningdek, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘. Usmonov o‘z so‘zida mamlakatimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarni har taraflama barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylangani alohida ta’kidladi.
    Ochilish marosimida ishtirok etgan mahalla aholisi va faollari ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

комментариев