» » Toyloqda “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” ochildi

Toyloqda “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” ochildi

   Yangilanayotgan O‘zbekistonda aholi ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish, yoshlar ongida milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirish muhim hisoblanadi.
   Davlatimiz rahbari 2021 yil 26 martda imzolagan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan  Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari qurish belgilangan.
   Ana shu ezgu tashabbus doirasida Toyloq tumanida  “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
   Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti administratsiyasi shu’ba mudiri A.Mavrulov, tuman faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, maskanda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
   Bino zamonaviy jihozlangan bo‘lib, undan kutubxona, kitob o‘qish xonasi, faoliyat olib borish uchun maxsus xonalar o‘rin olgan.

комментариев