Ota-bobolarimiz "Sarishtali joyda - farishtalar bo‘ladi”, “Sarishtali uy – farishtali uy” deb bezijga aytishmagan. Shu ma’noda aytganda ko‘chayu, xiyobonlarni tozalab, yon atrofni gulu-gulzorga burkayotgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini farishtalarga qiyoslasak arziydi. Shaharu tumanlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan bu kishilarni har qancha e’zozlasak oz.
Xususan, bugun “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan Toyloq tuman hokimligi tomonidan tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun dasturxon yozildi. Unda ishtirok etgan tuman hokimi Bahodir Bobonazarov tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini tumanimiz hududi ozodaligi, atrof-muhitni saranjom-sarishtaligini ta’minlash yo‘lidagi mehnatlarini e’tirof etdi hamda ularni tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirladi.Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

комментариев