» » Zilzilalar haqida nimalarni bilamiz?

Zilzilalar haqida nimalarni bilamiz?

Zilzila ya‘ni yer qimirlashi vayronkor tabiiy ofat bo‘lib, uning oqibatlari mudhish va fojiali  bo‘ladi. Zilzilalar minglab shaharlarni yer bilan yakson qilib, millionlab odamlarning yostigini quritgan. Maqolamizda zilzilalarning tarixi ularni oldindan sezish haqida fikr yuritamiz. 
Mutaxassislarning fikricha zilzilanining asosiy sababi yer po‘sti shaklining o‘zgarishi, xususan bukulishi, ko‘tarilishi va pasayishidir. Yer po‘sti shaklining o‘zgarishi jarayonida yer bag‘rida o‘ta yuqori kuchlanishlar to‘planadi. Natijada yer po‘stining ayrim qismlari uzilib, ҳar tarafga tarqaluvchi seysmik to‘lqinlar tarzida nihoyatda katta energiya ajralib chiqadi, biz uni zilzila ya’ni yer yuzasining bo‘ylama va ko‘ndalang tebranishlari tarzida sezamiz. 
Toshkent zilzilasi. 
1966 yil 26 aprel soat 5 dan 23 minut o‘tganda  Toshkentda ro‘y bergan zilzila edi “Toshkent” markaziy seysmik stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning kuchi 8 balga yetgan, 6-8 sekund davom yetgan, zilzila o‘chog‘i shahar ostida 8 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Kuchli zilziladan so‘ng har 2-3 minutda kuchsiz silkinishlar bo‘lib turdi.
Dastlabki kuchli zilziladan ikki hafta o‘tgach, 9 maydan 10 mayga o‘tar kechasi yer yana qattiq silkindi...
Shahar xalqi ichki kiyimda, yalang oyoq hovliga, ko‘chalarga yugurib chiqishdi. Tun bo‘yi ayozdan jo‘njib, uyga kirishga jur’at etolmay, ko‘chalarda gulxanlar yoqib, gulxanlar yonida o‘tirishdi, ko‘chalardagi, xiyobon va istirohat bog‘larida o‘rindiqlarda uxlashdi. Buzilgan uylarning soni yana ko‘paydi. Yuragi va asabi kasal kishilar kasalxonalarga joylandi.
4 iyunda bo‘lgan yana bir kuchli yer qimirlashni ham eslashga  to‘g‘ri keladi.  Chang to‘zon ko‘tarildi. Olcha terayotgan kishi norvondan yiqilib tushadi, qaerdadir devor qulagan ovoz eshitiladi.
5-6 sekund davom yetgan bu silkinishning kuchi 7 ballga yetgan, zilzila o‘chog‘i bor-yo‘g‘i 3-kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Umuman Toshkent zilzilasidagi qayta silkinishlarning soni 1000 dan ortib, ketdi, lekin zarbi kamayib boraverdi.
1966 yilgi tektonik xarakterdagi zilzila to‘lqinlari, asosan shaharning markaziy qismida 10 km2 maydonga tarqalgan.
Kuchli va ko‘p silkinishlar zarblar shimoli-G‘arbdan janubiy-sharqqa yo‘nalgan chunki zilzilaga sabab bo‘lgan Qorjontog‘ tektonik darzligi shu yo‘nalishda (8-9) kilometr chuqurlikdan) o‘tadi.
Toshkent zilzilasi natijasida shaharning Qashqar mahallasi (zilzila o‘chog‘i)dagi uy –joylar vayron bo‘ldi. Shaharning boshqa qismida asosan eski va xom g‘ishtdan  qurilgan uylar shikastlandi.
zilzila vaqtida sakkiz kishi xalok bo‘ldi, yuzdan ortiq kishi jaroҳatlandi jami 2800 uy shikastlandi, 35 ming oila boshpanasiz qoldi. Zilzila oqibatida Toshkent shahar  territoriyasining o‘rta qismi dengiz satqiga nisbatan 40 millimetr janubiy –g‘arbiy qismi esa 10 millimetr ko‘tarildi. Shimoliy qismi esa  bir oz cho‘kdi.
Toshkent shahridagi imoratlar o‘rniga 9-10 balli zilzilaga bardosh bera oladigan ko‘p qavatli yangi, ko‘rkam binolar qad ko‘tardi, Toshkent qiyofasi butunlay o‘zgarib go‘zal va zamonaviy shaharga aylandi.
  Gazli zilzilasi. 
1976 yil 17 mayda mahalliy vaqt bilan soat 7 dan 58 minut o‘tganda Gazli shahri yaqinida juda kuchli, dahshatli zilzila bo‘ldi. Yer osti xuddi  momaqaldiroq paytidagidek gumburladi.
Gazlida zilzila bo‘lgan paytda kishilar o‘zlarining ish joylariga tarqalmoqda edilar. Gazli zilzilasi vaqtidagi zarba xiyla kuchli bo‘ldi va bir minutdan sal ko‘proq davom etdi. Yer qimirlashlar keyin ham necha-necha martalab takrorlandi. Zilzila paytida magistral truboprovodga gaz yuborayotgan bosh inshoot binosining yonginasidagi plitalar osmonga ko‘tarilib ketdi. Inshoot tomiga qoplangan plitalar otilib odamlar ustiga tushdi. Shu voqeaning shoҳidi bo‘lganlarning aytishicha bir yigit tepadan tushib kelayotgan plita ostida qolish eҳtimoli bo‘lgan kishini qutqarib,o‘zi qaҳromonlarcha halok bo‘lgan.
Yetmish ikki sekund davom etgan zilzila oqibatida Gazli shahridagi barcha uylar yemirildi. Yer osti zarbasining kuchi ancha katta edi.
Zilziladan bir ҳafta o‘tar-o‘tmas Gazlidan yana Markaz va urol tomon Gaz “oqa boshladi” Gazli zilzilasi Qizilqumda tog‘lar ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.
Ashxobod zilzilasi. 
1948 yil 6 oktyabr. Tun. Soat 1 dan 12 minut  o‘tganda yer qattiq larzaga kelib, bir necha minut ichida shahar va uning atrofidagi qishloqlar vayronaga  aylandi, ko‘p joylarda yer yorilib, yoriqlardan bo‘tana suv qaynab chiqdi. Tog‘lar quladi. Yer osti suvlarining sathi o‘zgardi.
Yerning po‘sti-ustki qatlami bo‘ylama yo‘nalishda ҳarakatlanib, siljib, ba’zi joylar ko‘tarildi, ba’zilari cho‘kdi. Ashxobod shaҳridan g‘arbdan yer yuzasi dengiz satҳiga nisbatan 33 santimetr ko‘tarildi, sharqda 22 santimetr pasaydi (cho‘kdi). Zilzila oqibatida shaҳarning o‘zida yerning ustki qatlami 70 santimetrdan 178 santimetrgacha gorizantal yo‘nalishda siljidi.
Ashxobod shahri asosan janubiy-sharqdan shimoliy g‘arbga yo‘nalgan gorizantal zarb ta’sirida ҳaroboga aylandi. Dastlabki dahshatli zarbdan keyin ҳam yer qimirlashlar bir necha oy mobaynida takrorlanib turdi. Ashxobod zilzilasini o‘chog‘i Ashxobod shahridan Janubiy-g‘arbdan Qurugaldi degan joyda yer yuzasidan 10-15 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila kuchi bu yerda 12 balga yetgan. Zilzila o‘chog‘i atrofidagi 1000 kvadrat kilometr maydonda zilzilaning kuchi 9 ball bo‘lgan zilzila zonasi 37,80 shimoliy kenglik va 58,1 sharqiy uzunlikda Buzmayin-Ashxobod-Qurugadan bo‘ylab Kopetdog‘ tizmasining shimoliy etagigacha cho‘zilgan.
Ashxobod zilzilasi oqibatlari tugatilib, shahar qaytadan tiklandi va zamonaviy ko‘rkam shaharlardan biriga aylandi.
  Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?
  Zilzila tirik organizmlarga turlicha ta’sir etadi. Ko‘pgina ҳayvonlar ayrim tabiiy ҳodisalarni eng takomil asboblardan yaxshiroq va aniqroq sezadi.
Ular chunonchi zilzila, toshqin, dengiz po‘rtanalari kabi tabiiy ofatlar yaqinlashib kelayotganligini bexato sezishadi.
1948 yili Ashxoboddagi to‘qqiz  balli zilziladan ikki soat oldin ot zavodidagi otlar qochishgan. Ularni tutib, ya’na joylariga bog‘lab qo‘yishgan ekan. Falokat ro‘y berishiga o‘n besh minut qolganda ular ya’na orqanni uzib darvozani buzib, har tomonga tumtaraqay qochishgan. 
    Baliqlar tabiiy ofatning ishonchli darakchilari ekanligi ta’kidlangan Mutaxassislarning fikricha, zilzila oldindan atmosferada vujudga keladigan musbat zaryadlangan ionlar nerv garmoni ajralishiga sabab bo‘ladi: bu o‘z navbatida, ҳayvonlarning markaziy nerv sistemasiga ta’sir etadi, zilzila oldindan ҳayvonlarning kuchli bezovtalanishiga sabab shudir.
    Qushlarning ham zilzila oldidan qattiq bezovtalanishi kuzatilgan.
1980 yil 11 dekabrda Nazarbek  zilzilasi ro‘y berishidan oldin to‘satdan besaranjom bo‘lib, qolganlar ayniqsa to‘tiqushlar qafasidan chiqmoqchi bo‘lib o‘zlarini qafas devoriga urganlar. Qushlar titrab, qanotlari dirillab ҳayajonli ovoz chiqara boshlaganlar.
  1867 yili Yava orolida bir kuni xo‘rozlar bevaqt va ҳayojon bilan qichqira boshlaganlar oradan ko‘p o‘tmay kuchli yer qimirlashi qayd etilgan.
Ba’zi o‘simliklar. gullar ham vulqon otilishini oldindan sezar ekan, Yava orolidagi vulqonli tog‘ yonbag‘irlarida o‘suvchi navro‘zgul shunday gullar toifasiga kiradi. U boshqa gullardan farqli o‘laroq, faqat vulqon otilishi arafasida gullaydi. Mahalliy aholi “Zilzila guli” deb ataladigan bu o‘simliklar gullashi bilanoq ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarishga tushadi.

Sh.Xudoyqulov 
Toyloq tuman FVB FVDT va FM bo‘linmasi boshlig‘i kapitan

комментариев