» » "SIYOB MAVJLARI" DA QIZLAR MUSHOIRASI

"SIYOB MAVJLARI" DA QIZLAR MUSHOIRASI

       Tahririyat qoshida tashkil etilgan ijodkor yoshlar toʻgaragining Toyloq Axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi mashgʻuloti 21-oktyabr – Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning  34 yilligiga bagʻishlandi  
        “INFOLIB OʻZBEKISTON–2023” XII Milliy axborot-kutubxona  haftaligi dasturiga ham kiritilgan bu galgi  tadbirning oʻziga xos jihati   umidli yosh qalamkashlar — Eʼzoza Asrorova, Farzona Toʻraqulova va Shalola Xursandovalarning  yangi turkum  sheʼrlari taqdimoti boʻldi. Ijodkor qizlarning jiddiy izlanishlari ijobiy baholandi. Gazetamizda ularning  ijod namunalari berilmoqda.
       “Siyob mavjlari” tuman  ijodkor yoshlar toʻgaragining  navbatdagi mashgʻuloti  shu yil  30-noyabr, payshanba kuni soat 14.00da yana Toyloq Axborot-kutubxona markazida binosida oʻtkaziladi.

A. ORZIMURODOV

комментариев