FAOLLAR TAQDIRLANDI

Toyloq tumanidagi BO‘SM zalida 11 noyabr- O‘zbekiston respublikasi kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tantanali ravishda nishonlandi.
     Unda tumandagi maktablar kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilot raislari, maktab o‘qituvchilari ishtirok etdi.
      O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toyloq tuman bo‘limi rahbari Qobil Sobirov to‘planganlarni bayram bilan muborakbod etdi.
      U joriy yilda ushbu tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev so‘zga chiqib uyushma a’zolarini bayram bilan qutladi.
       Tadbir so‘ngida kasaba uyushmasi faollariga hamda yangi a’zolarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

комментариев