» » RESPUBLIKA ISHCHI GURUH A'ZOLARI TOYLOQDA BO'LDI

RESPUBLIKA ISHCHI GURUH A'ZOLARI TOYLOQDA BO'LDI

Bugun Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida respublika ishchi guruhi vakillari U. Muhammadiyev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, R. Mamatov, viloyat tashkiliy kadrlar rahbari B. Rahmatullayev,  Samarqand viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari S. Eshmatovlar mahalla hududida bo'lishdi.
Amalga oshirish kerak bo'lgan ishlarni,  fuqarolar o'rtasida shukronalik hissini uyg'otishni,  to'g'ri targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishni kelishib olishdi.
Mahalla nuroniylari bilan suhbatda bo'lib,  har bir inson o'z uyini, o'z hududini obodonchiligi uchun qo'shnisiga,  atrofdagilarga o'rnak bo'lishida nuroniylarni ham birdamlikka chorlashdi. 

Kanalga obuna bo‘ling: 👇
@qushchinor_uz

комментариев