» » Aholi tomorqadan qanday foydalanyapti?

Aholi tomorqadan qanday foydalanyapti?

Joriy yilning 14-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Toyloq tumanida ham tomorqalardan unumli foydalanish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, tuman prokurori A.Saypiddinov Muborak mahallasida bo‘lib, bu boradagi vazifalar ijrosi bilan tanishdi.
Mahalladagi barcha xonadonlarda ham aholi o‘z ixtiyorida bo‘lgan tomorqa yerlaridan unumli foydalanmayapti. Aholi bilan suhbatlar davomida tomorqa daromad manbai ekanligi,  yerdan samarali foydalanish natijasida millionlab daromad topish mumkinligi tushuntirildi. Qolaversa,  mahallada "Bir mahalla- bir mahsulot" tamoyilini joriy qilish,  parniyechiliyeni rivojlantirish,  daraxt ko‘chatlarini ekish borasida tavsiyalar berildi.

комментариев