Hashar elga yarashar

  Bugun erta tongdan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Toyloq tumani bo‘limining barcha mahallalarida ko'chat ekish, obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, rayhon va gullar, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish qizg'in davom etmoqda.
     Ayniqsa, tumanning Sariosiyo, Tepaqishloq, Zarafshon mahallalarida yosh-u qari hasharda faol ishtirok etib, "Mahallaga 10 tup daraxt-mening tuhfam" shiori ostida barcha turar joy va ko'chalarda iqlim sharoitiga mos hamda sug'orish tizimini hisobga olgan holda daraxt ko'chatlari ekilmoqda.
     Bu kabi hashar ishlari tumanning barcha mahhalla va aholi xonadonlarida davom etmoqda.

O'zbekiston mahallalari uyushmasining Toyloq tumani bo'limi.

комментариев