Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

  Yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida bugun Toyloq pedagogika kollejida  22-23-24 va 25-umumta'lim maktablarining bitiruvchi 10-11-sinf  o'quvchi-qizlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi. 
      O'quvchi qizlarga kollejda yaratilgan qulay shart-sharoitlar,  ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etilishi,  amaliy darslarga alohida ahamiyat qaratilayotganligi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek,  maktab o'quvchilari "Ilk rivojlanish markazi"da ham bo'lishib maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan qulay sharoitlarda, yorug' xonalarda o'tkaziladigan mashg'ulot jarayonlarini tashkil qilish bilan ham tanishishdi.
Кanalga qo‘shiling:👇
👉 @qushchinor_uz

комментариев