Toyloq tumanida sportning minifutbol turi bo‘yicha Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari kubogining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning final bosqichida tumanning Tepaqishloq va Muborak mahallasining uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan jamoalar raqiblaridan ustun kelishdi.
Murosasiz kechgan o‘yinda Tepaqishloq mahallasi yoshlari 3-0 hisob bilan g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani yo‘lga kiritdi.
Shunigdek;
2-o‘rinni Muborak mahallasi,
3-o‘rinni Yangihayot mahallasi,
4-o‘rinni Davlatobod mahallasi uyushmagan yoshlari qo‘lga kiritishdi.
комментариев