Toyloqda DXX kubogi start oldi

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida start olgan mazkur kubokning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
     Unda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, DXX viloyat boshqarmasi xodimi K. Fayziyev, DXX tuman bo‘linmasi xodimi Sh. Temurovlar futbol jamoalariga g‘oliblik sari borishlari uchun omad tilashdi. Shundan so‘ng ilk bellashuvlarga start berildi.
    Mazkur musobaqaning saralash bosqichida dastlab, tumanning 4 ta sektor kesimida jamoalar o‘rtasida hududlarga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar tuman, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.

комментариев