Samarqand —Sharq durdonasi

20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 18-oktyabr — Samarqand kuniga bag‘ishlab, yuqoridagi shior ostida tadbir o‘tkazildi. 
Tadbirda o‘quvchilar o‘zlari chizgan rasmlari, qo‘shiq va raqslari bilan ishtirok etdilar. Abdurazzoqova Shukrona, Ismatullayeva Malika, Rabbimova Gulyuz, Umrzoqova Gulsanam, Aslamova Aziza, Sultonmurodova Charos, Ziyodullayeva Parizoda va Umrzoqova Ruxshonalar faol ishtirok etib, ma’muriyat tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandilar.
M. NOSIROVA,
20-maktab MMIBDO‘.

комментариев