» » BESH TASHABBUS FESTIVALI VA AMALIY FANLAR OYLIGINING YAKUNI BAYRAMONA O'TKAZILDI

BESH TASHABBUS FESTIVALI VA AMALIY FANLAR OYLIGINING YAKUNI BAYRAMONA O'TKAZILDI

4-umumta'lim maktabida o'tkazilgan tadbirda O'zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi a'zosi, "Ijod yo'li" gazetasi muxbiri X.Xo'janov,  Xalqaro "Turon" Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Z. Ibragimov, shoir N. Nur, Rеspublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Toyloq tuman bo'linmasi rahbari Z. Avazov, bo'linma xodimi Sh. Jo'raqulov va tuman XTB vakillari ishtirok etib, o'quvchilarning mahoratlarini baholab, fikr-mulohazalarini bildirishdi.
 Maktab o'quvchilari san'at, sport, shе'riyat, raqs, qo'g'irchoq teatri va qo'shiq aytish yo'nalishlarida mahoratlarini ko'rsatishdi. Aprel – amaliy fanlar oyligi munosabati bilan qizlar bahoriy taomlar, yigitlar esa osh tayyorlash mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi. Ayniqsa, shе'riyat, san'atga qiziquvchi o'quvchilar va shoir ijodkorlar bilan o'tkazilgan uchrashuv taassurotlarga boy bo'ldi. Tadbir doirasida faol, tashabbuskor va ijodkor o'quvchilar kitoblar bilan taqdirlandi.

комментариев