» » Millat maʼnaviyatining koʻzgusi

Millat maʼnaviyatining koʻzgusi

Toyloq tuman 1-son politexnikumida  “Milliy qadriyatlar-millat maʼnaviyatining koʻzgusi" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Buyuk mutafakkirlar ham "qadriyatlar millat ma’naviyatining ko‘zgusi" deb bejiz e’tirof etishmagan. Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona estetik qarashlarni, xususiyatlarni mujassamlashtirish, targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Toyloq tuman 1-son politexnikumi jamoasi ham “Milliy kiyimlarimiz-qadriyatlarimiz” shiori ostida milliy liboslarda ish faoliyatini olib borishmoqda.

комментариев