» » RAQAMLI BILIM VA TEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT KAFOLATI

RAQAMLI BILIM VA TEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT KAFOLATI

Bugungi kunda IT sohasisiz, raqamli texnologiyalar va AKTsiz hayotimizni tasavvur etib bo‘lmaydi.

Negaki, ularga asoslangan faoliyatlar hozirda jamiyatdagi barcha sohalarni rivojlantirish imkoniyatini bermoqda.

Shu munasabat bilan bugun Toyloq  tumaniga qarashli umumiy o'rta ta'lim o'quvchi yoshlar  Samarqand shahrida joylashgan “School 21” va "Sam it Global" IT markazida sayohat qilishdi.
Sayohat davomida,  Aqlli qurilmalarni dasturlash, Frontend (HTML, CSS, JS, TS), DevOps, Tarmoq va tizimlarni boshqarish, Kompyuter grafikasi va GameDev  (UNITY), Veb dasturlar, juda ko'plab dasturlash tillari  bo'yicha taqdimotlar bilan tanishdilar.
O'quvchi yoshlarga Raqamli texnologiyalar sohasida yo‘lini endi boshlayotganlar yangi kasbni noldan o‘zlashtirishlari, amaliyot o‘tayotgan mutaxassislar esa o‘z malakalarini oshirishlari yoki yo‘nalishni o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.

комментариев