
Bugun Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi sport majmualarining ochilishi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimini Toyloq tumani hokimi Bahodir Babonazarov ochib berdi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari H.To’xtayev, Sport boshqarmasi boshlig’I J.Nurmanov, tuman DXX rahbari A. Nabijonov, tuman prokurori A.Abdullayev, faxriy sportchi H. Rofiyev, tuman nuroniylari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda sport murabbiylari ishtirok etishdi.

Dastavval, ramziy tasma kesilib, zamonaviy sport zal, 250 orinli sportchilar yotoqxonasi, 250 o’rinli oshxona, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi. Mazkur obyektning qurilish-rekonstruksiya ishlari davlat budjeti hisobidan 15 milliard 945 million so‘m ajratildi.

Mazkur sport inshootlari yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish, talabalarning bu sohadagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
комментариев