» » 📣BARCHA TOYLOQLIK YOSHLAR HAMDA TUMANIMIZ FUQAROLARI DIQQATIGA!

📣BARCHA TOYLOQLIK YOSHLAR HAMDA TUMANIMIZ FUQAROLARI DIQQATIGA!

💫 Joriy yilning 25-iyun kuni Toyloq tumanida "Yangi O'zbekiston-yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar festivali o'tkaziladi.
Yoshlar festivali:

🏃🚴‍♀️ ➡️ Tadbir soat 7:00 da tuman Davlat xizmatlari binosi oldidan ommaviy piyoda yurish marafoni, soat 8.00 da sport maktabida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlanadi.

🎼🎸Soat 9.00 dan 13.00 gacha "2-son Politexnikumi"da tasviriy san'at, karaoke, estrada xonandaligi, raqs hamda "Maftunkor ranglar jilosi" shiori ostida rasmlar tanlovi o'tkaziladi.

 👮‍♀️Soat 9.00 dan 10.00 gacha "Sport maktabi" o’yingohida harbiy xizmatchilarning qo'l jangi, harbiy orkestr, faxriy qarovullarning ko'rgazmali chiqishlari hamda kamondan otish, o'q otish va zamonaviy ko'chma tir namoyish etiladi.

🤼🤾‍♂️🏋️‍♀️ 9.00 dan 13.00 gacha "2-son Politexnikumi"da milliy kurash, boks, tosh ko'tarish, armresling, taekwandoo, stol tennisi, shaxmat-shashka va boshqa sport turlaridan ko'rgazmali chiqishlar hamda "Mehnat yarmarkasi" tashkil etiladi.

🎎 Soat 10.00 dan 12.00 ga qadar 29-son musiqa va san'at maktabida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun  "Qo'g'irchoq" teatri (Bo'sh kelmas sichqonboy, Zumrad va qimmat, Bo'g'irsoq va boshqalar) namoyish etiladi.

👨‍👩‍👧‍👧 Soat "10.00 dan 13.00 ga qadar "2-son Politexnikumi" faollar zalida umumta'lim maktablarining "Turon" teatr jamoalarining chiqishlari namoyish etiladi.

  🛠09.00 dan 13.00 gacha "2-son Politexnikumi"da "Kasblar  tanlovi" ko'rgazmasi tashkil etiladi.

👨‍👨‍👦  11.00 dan 13.00 ga qadar "2-son Politexnikumi"da soat  "Bir nuroniyga o'n nafar yosh" tamoyili asosida "Ikki avlod uchrashuvi" tashkil etiladi.

👨‍🎓Soat 10.00 dan 13.00 ga qadar Toyloq Pedagogika kollejida "Mening qonunim- mening taqdirim" tanlovi o'tkaziladi.

👨‍👨‍👦 Soat 11.00 dan 13.00 ga qadar "2-son Politexnikumi"da  yoshlarni chet tillariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kasb-hunarga o'rgatish va kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "Ustoz AI" targ'ibot loyihalari tashkil etiladi.  

🏀  Olimpiya va paralimpiya zahiralariga tayyorlash markazida sportning mini futbol hamda workout turlaridan musobaqalar o‘tkaziladi.

💻 Festival doirasida yoshlar uchun "Yoshlar markazi"da soat 14.00 dan 17.00 gacha "Kibersport" va rabotatexnika musoboqalari tashkil etiladi.

📚📖📓 Soat 14.00 dan 18.00 ga qadar Axbarot resurslar markazida "Yosh kitobxon", "Mushoira", "Ma'rifat oqshomi" hamda "Ziyolilar forumi" bo'lib o'tadi.

🎗🎗🎗Tuman hokimligi binosida soat 14.00 dan 15.00 ga qadar "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etiladi.

📚📖📓 Soat 15.00 dan 17.00 ga qadar "Temurjon" bazimgohida  "Zakovat" intellektual o'yini bo‘lib o‘tadi.

🎆🎇 Sport maktabi o'yingohida soat 19.00 dan 23.00 gacha estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida GALAKONSERT hamda MUSHAKBOZLIK tadbirlari tashkil etiladi.

🎗🎗🎗 BARCHANGIZNI "Yangi O'zbekiston-yoshlar mamlakati"  shiori ostida o'tkaziladigan yoshlar festivalida kutib qolamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев