

♻️Tadbirda O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisi A.Mirzoyev, tuman Kengashi apparat rahbari A.Orzimurodov, viloyat kengashi deputati M.Yuldosheva shuningdek, tuman Kengashi deputatlari, hunarmandlar ishtirok etib, ayollarning jamiyatdagi faolligi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi o‘rni haqida o‘zlarining qimmatli maslahatlari va rag‘batlantiruvchi fikrlari bilan ishtirokchilarga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishdi.
♻️Deputatlar ayollarning ijtimoiy jarayonlardagi o‘rni va ularning yangi tashabbuslaridagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

♻️Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni mehnatkash fermer Mavluda opa Haydarova, ikkinchi o‘rinni tadbirkor Zulfizar Hamdamova, uchinchi o‘rinni sartarosh va madeliyer Mubina Islomqulovalar qo‘lga kiritdi.
Har bir ishtirokchi o‘zining amaliy ishlanmalari va aniq natijalarini ko‘rsatib, yangi g‘oyalar va ishbilarmon ayolga xos salohiyatini namoyon qildi.
♻️Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga O‘zLiDePning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
#ishbilarmon_ayol
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube
комментариев