» » Nuroniylar ibrati — yoshlar tarbiyasida beqiyos maktab

Nuroniylar ibrati — yoshlar tarbiyasida beqiyos maktab

Samarqand viloyati  Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qaroriga asosan, “Nuroniylar ibrati — yoshlarga namuna” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 Davra suhbati avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yosh avlod tarbiyasiga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi bo‘lim boshlig‘i Majidxon Umarov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Shuhrat Negmatov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid G‘oziyev so‘zga chiqdilar.
Tadbirda tumanimizning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Rohila Kazimova ishtirok etib,"Nuroniy" jamg‘armasi boshqaruvi kegashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

комментариев