» » TO‘XTATOSH ONA TURDIYEVA «MO‘TABAR AYOL» NISHONDORI

TO‘XTATOSH ONA TURDIYEVA «MO‘TABAR AYOL» NISHONDORI

Tabriklaymiz!

   8-mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mamlakatimizning tashabbuskor va fidoyi ayollari qatorida tumandoshimiz,  "Buvijonlar maktabi'' rahbari,  mehnat faxriysi, tuman ayollar targ‘ibot guruhi a'zosi, shoira To‘xtatosh ona Turdiyeva Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan ta’sis etilgan «Moʻtabar ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Mukofot sohibasiga nishon muborak bo‘lsin, deymiz.  Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

комментариев