» » Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan opa-singillar, mirishkor fermer ayollar uchun bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda tumanimizda turli sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va hissasi alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, barcha ayollarni samimiy qutladi. U o‘z nutqida ayollarning qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi mehnati, yurt ravnaqi va farovonligi yo‘lida qo‘shayotgan ulkan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdi hamda ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram munosabati bilan bir guruh soha xodimalari o‘zlarining halol mehnati va faoliyati uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida xorazmlik san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramona kayfiyat ulashib, yig‘ilganlarga unutilmas lahzalarni hadya etdi. Konsert dasturi barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев