» » Tuman hokimi 45-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim sifati va shart-sharoitlar bilan tanishdi

Tuman hokimi 45-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim sifati va shart-sharoitlar bilan tanishdi

Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Olmazor mahallasida joylashgan 45-umumta’lim maktabida  o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi.
Maktab hududi, sinfxonalar, sport maydonchasi va oqituvchilar xonasi ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning zamonaviy bilim olishi, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sustligi tanqid qilindi. Shu bilan birga, hududni o‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, maktabda bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ham samimiy suhbat tashkil etilib, yoshlarning kelgusidagi rejalari, oliy ta’lim muassasalariga kirish istagi hamda kasb tanlash masalalari muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев