BATAMOM UYG’ONSAM…

17 - may Halima Xudoyberdiyeva tug'ilgan kun!




Turayotgan qushga
O’xshayman juda,
Qushlarga o’xshayman
Uyg’onayotgan.
Ba’zi tomirlarim
Hali uyquda,
Ba’zi tomirlarda
Qonlarim qotgan.


Xas-xashaklar bilan
Sudralib yurib,
O’qlik orzusida
Ketib borar yoy.
O’zim-cha nelardur
G’udranib yurib,
Guldayin umrimni
Bermoqdaman boy.


O’zimcha kimningdir
G’amini yedim,
Kimningdir kuniga
Yuribman yarab.
Batamom uyg’onib
Ololsam edi,
Uchib ketarmidim
Ko’klarga qarab.


✍Halima XUDOYBERDIYEVA

комментариев